12:25 / 02.06.2015
1749

Senator Lindsi Grem AQSh prezidentligi uchun kurashishini ma'lum qildi

Shimoliy Karolina shtatidan bo‘lgan respublikachi senator Lindsi Grem 1 iyun kuni o‘zining ona shahri Sentralda 2016 yilda bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentligi uchun saylovda ishtirok etish niyati borligini ma'lum qildi.

Grem hozirda 59 yoshda bo‘lib, Washington Post nashrining yozishicha, uning nomzodi respublikachilar saflaridagi konservatorlar qarshiligiga uchrashi mumkin. U 2013 yilda bir qator muhojirlarga fuqarolik berish to‘g‘risidagi qonun loyihasini ilgari surgan edi.

Hozirga qadar respublikachilardan senatorlar Ted Kruz, Rend Pol, Marko Rubio, Arkanzas shtati sobiq gubernatori Mayk Xakabi, neyroxirurg Ben Karson, Nyu-York shtati sobiq gubernatori Jorj Pataki, Pensilvaniya shtatidan sobiq senator Rik Santorum va Hewlett-Packard kompaniyasi sobiq rahbari Karli Fiorina 2016 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishini bildirgan.

Demokratlardan esa sobiq Davlat kotibi Hillari Klinton, Vermont shtatidan mustaqil senator Bernard Sanders mamlakat rahbarligi uchun saylovda ishtirok etishini e'lon qilgan.

Top