16:10 / 02.06.2015
2983

Ko‘zi ojizlar jamiyati amaldorlaridan biri pora bilan qo‘lga tushdi

O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati markaziy boshqarmasining rasmiy vakili Chustdagi ko‘z nogironlari ishlaydigan tashkilot xodimlaridan 4500 dollar pora olgan. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.

Aniqlanishicha, amaldor “Paxtasanoat” uyushmasidan Chust o‘quv-ishlab chiqarish korxonasiga 150 tonna paxta linti va 20 tonna tola olib ketish uchun rozilik xatini imzolash uchun pora talab qilgan.

Shu kabi “xizmat” uchun u Farg‘ona ojizlar jamiyati vakilidan 1250 dollar so‘ragan. Ammo tegishli joyga ariza yozilib, nomi zikr etilmagan amaldor hibsga olindi.

Unga 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

Top