14:54 / 02.06.2015
2118

Toshkentda mast odamni tunagan yo‘lto‘sar hibsga olindi

Toshkent shahrining Yashnobod tumanida yo‘lto‘sarlik bilan shug‘ullanuvchi 19 yoshli Nodir Aliyev qo‘lga olindi.
“Ogoh” gazetasida yozilishicha, u, yosh bo‘lishiga qaramay, muqaddam bir necha bor panjara ortida o‘tirgan.
Aytilishicha, u “Qo‘yliq” shohbekatida turganida, mast ahvolda kelayotgan kishini ko‘rib qoladi. Uning yoniga borib, qo‘ng‘iroq qilib olish uchun telefonini so‘raydi. Mast erkak bolaga o‘zining Artel telefonini beradi. Aliyev telefoning flesh-kartasini olib qo‘yadi. Buni payqagan erkak undan flesh-xotirani qaytarishni talab qiladi. Ammo Aliyev erkakka do‘q qilib, 50 ming so‘m pulini ham tortib oladi.
Kayfi tarqab ketgan erkak uning ortidan qolmay, ikki do‘sti bilan gaplashib turgan chog‘da 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qildi. Voqea joyiga yetib kelgan militsiyachilar yo‘lto‘sarni qo‘lga olib, jabrlanuvchining puli va buyumlarini qaytarib olib berdi.

Top