13:53 / 02.06.2015
2795

Toshkentda yosh iqtisodchi olimlar forumi bo‘lib o‘tdi

29 may kuni Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti bilan hamkorlikda IV yosh iqtisodchi olimlar forumini o‘tkazdi.
Institut matbuot xizmatining xabar berishicha, bu yilgi forum “Institutsional muhit va inson kapitali milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirish omillari sifatida” mavzusida o‘tkazildi.
Tadbirda O‘zbekistonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlaridan, shuningdek, xorijiy OTMlarning O‘zbekistondagi filiallaridan tashrif buyurgan mutaxassislar ishtirok etdi. Tadbir doirasida yosh iqtisodchi olimlarning 50ta eng yaxshi hisobotlari ko‘rib chiqildi.

Top