11:37 / 02.06.2015
2316

Xitoyda yuzni aniqlovchi bankomat paydo bo‘ldi

Xitoyning Tzekwan texnologik kompaniyasi Tsinxua universiteti bilan hamkorlikda dunyodagi birinchi biometrik bankomat ishlab chiqdi. Bu haqda Sinxua axborot agentligi xabar bermoqda.
Aytilishicha, bankomat yuz tanish xususiyatiga ega. U orqali pullarni naqdlashtirish uchun avvalo yuz identifikatsiyasidan o‘tish talab etiladi.
Biometrik bankomat ichiga kamera o‘rnatilgan. U mijozning yuzini suratga olib, o‘zidagi ma'lumotlar bazasi bilan qiyoslab ko‘radi. Ishlab chiqaruvchilarning e'tirof etishicha, uskuna insonning biologik o‘ziga xosliklarini eslab qoladi va hatto ularning tashqi ko‘rinishi o‘zgarib ketgan bo‘lsa ham taniy oladi.

Top