06:23 / 02.06.2015
2719

Xitoyning Yantszi daryosida bortida 440 nafardan ortiq kishi bo‘lgan kema halokatga uchradi

Yantszi daryosining Xitoy sharqidan o‘tgan qismida yo‘lovchi kema cho‘kib ketdi. Bu haqda TASS nashri xabar bergan.

Xabarda aytilishicha, Xubey viloyati hududida ro‘y bergan halokatda "Sharq yulduzi" nomli teploxod cho‘kib ketgan, kemada 440 nafardan ortiq kishi bo‘lgan.

Ma'lum qilinishicha, bu kema Nankindan Chunsinga ketayotgan edi.

OAVlar xabariga ko‘ra, kemadagilarning 347 nafari xitoylik yo‘lovchilar, 5 nafari turistik kompaniya vakili va 42 nafari ekipaj a'zosi bo‘lgan.

Ayni vaqtda hodisa yuz bergan hududda qutqaruvchilar ish olib borishmoqda.

Top