15:22 / 03.06.2015
2767

Blatterning maslahatchisi uning o‘z qarori haqida qo‘qqisdan ma'lum qilganini aytdi

FIFA prezidenti Yozef Blatterning maslahatchisi Valter Gagg uning tashkilot rahbarligidan iste'fo berishi nima bilan bog‘liqligini oydinlashtiradigan ma'lumotni bildirdi.
 
"Oxirgi 48 soat davomida hamma narsa birdan o‘zgarib ketdi. Blatterning bunday niyati yo‘q edi. Balki u o‘zining ketishini e'lon qilishidan bir necha daqiqa oldin shunday qaror qabul qilgan bo‘lishi mumkin.
 
1 iyun kuni biz birgalikda choshgoh qildik. O‘shanda uning kayfiyati a'lo darajada edi. 2 iyun tongida u bilan uchrashganimizda ham uni hayotdan xursand holatda ko‘rdim.
 
Lekin kunning ikkinchi yarmida AQShdan noxush xabarlar oqib kela boshladi...", deydi Gagg.
 
Eslatib o‘tamiz, 2 iyun kunining ikkinchi qismida FIFAning bosh kotibi Jyerom Valke 2008 yilda tashkilotning sobiq vitse-prezidenti Jyek Uornerning hisob raqamiga 10 mln dollar o‘tkazib bergani aniqlangan va bu pul 2010 yilgi Jahon chempionatining JARda o‘tkazilishi bilan bog‘liqligi taxmin qilingandi.
 
Top