18:35 / 03.06.2015
2135

Internet foydalanuvchilarining "kuchi" bilan Sergelida yangi bolalar maydonchasi qurib berildi

Avvalroq internet foydalanuvchisi “Jamoatchilik nazorati” guruhiga Qo‘yliq 4-mavzesidagi bolalar maydonchalarining nochor ahvoli haqida xabar qoldirgan.

Biroz vaqt o‘tib, garchi foydalanuvchi shikoyat qilgan aynan o‘sha maydoncha ta'mirlanmagan bo‘lsa-da, u yashaydigan ko‘p qavatli uyning orqa tomonida yangi maydoncha qurib berilgan. Foydalanuvchi bunda “Jamoatchilik nazorati” guruhining hissasi borligini alohida ta'kidlagan.

Top