16:18 / 03.06.2015
2100

Janubiy Koreya vakili FIFA prezidentligiga nomzodini ko‘rsatmoqchi

Janubiy Koreya vakili, Xalqaro futbol uyushmasi (FIFA) faxriy prezident o‘rinbosari va Koreya futbol uyushmasining sobiq rahbari Chon Monjun FIFA prezidentligiga o‘z nomzodini ko‘rsatishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
63 yoshli Monjunning ta'kidlashicha, u yakuniy qarorga kelishdan oldin FIFA a'zolarining fikrini eshitib ko‘radi. Shuningdek, u Yozef Blatterning yangi rahbar saylangunga qadar tashkilot boshida qolish haqidagi qarorini tanqid ostiga oldi.

Top