15:33 / 03.06.2015
1747

Janubiy Sharqiy Osiyo mamlakatlarida Beeline rouming geografiyasini kengaytirmoqda

2015 yil 3 iyun, Toshkent. Aloqa operatori Beeline rouming geografiyasi kengaygani haqida xabar beradi. Hamkorlik shartnomasi Ooredoo kompaniyasi bilan tuzildi, uning natijasida Beeline abonentlari Myanma Respublikasida GPRS-roumingdan foydalanishlari mumkin.

“Turizm va biznes doirasida mijozlarimiz uchun qiziq bo‘lgan dunyoning turli nuqtalarida abonentlarimizni ishonchli aloqa bilan ta'minlashga harakat qilamiz. Ooredoo bilan hamkorligimiz va Janubiy Sharqiy Osiyoda kengayishimiz, mijozlarimiz doimo aloqada qolishlariga, shuningdek mobil Internetdan foydalanishlariga imkon yaratadi” – voqeani sharhlaydi Unitel‘ning texnik direktori Yevgeniy Klyuchev.

Eslatib o‘tamiz, Beeline 2010 yildan beri O‘zbekistonda birinchi raqamli rouming-operator hisoblanadi. Kompaniya, shuningdek ovozli rouming (184 ta mamlakatda 485 ta operator), GPRS-rouming (157 ta mamlakatda 354 ta operator), 3G-rouming (147 ta mamlakatda 285 ta operator) va CAMEL-rouming (100 ta mamlakatda 214 ta operator) segmentldarida ham yetakchilik qiladi.

Top