15:43 / 03.06.2015
1878

London ikki yil ketma-ket sayyohlarning eng sevimli shahriga aylandi

London ikki yildan buyon turistlarning eng sevimli shahri maqomini saqlab kelmoqda. Bu haqda Master Card xalqaro kompaniyasining hisobotida aytilgan.
Master Card har yili Global Destinations Cities eng mashhur turistik yo‘nalishlar reytingini tuzib boradi. Ikki yildan buyon bu reytingda 132 shahar ichida birinchilikni Buyuk Britaniya egallab kelmoqda.
Tadqiqotda aytilishicha, 2015 yili Londonga 18.8 mln turist keladi, bu jihatdan u Bangkokdan o‘zib ketadi. Bu ikki shahar besh yildan buyon birinchilik uchun bahslashib kelmoqda.

Top