21:02 / 03.06.2015
3613

Milliarder Jon Polson Garvard universitetiga 400 mln dollar xayr-ehson qildi

Paulson & Co xej-fondi asoschisi va milliarder Jon Polson Garvard universitetiga uning tarixidagi eng katta miqdordagi xayr-ehson berdi – milliarder Garvard muhandislik va amaliy fanlar maktabi hisobiga 400 mln dollar o‘tkazdi. Bu haqda Harvard Magazine nashri xabar bermoqda.

Polson Garvard biznes maktabi bitiruvchisi hisoblanadi. Xayriya pulini olgan maktab rahbariyati endi universitetning bu bo‘linmasi Jon Polson nomidagi muhandislik va amaliy fanlar maktabi deb qayta nomlanishini ma'lum qildi.

Garvard universiteti prezidenti Dryu Jilpin Faust milliarderning xayriya puli universitetda muhandislik va amaliy fanlar rivojiga katta hissa qo‘shishini aytdi.

Top