20:52 / 03.06.2015
2686

Navoiy shahridagi “Mirtex” tikuvchilik majmuasida 18 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda

Navoiy shahridagi “Triumf gornyak” mas'uliyati cheklangan jamiyati qoshidagi “Mirtex” tikuvchilik majmuasida 18 turdagi mahsulot tayyorlanmoqda.

"Zamonaviy tikuv dastgohlari bilan jihozlangan majmuada mahsulot sifatiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayni paytda bolalar, erkaklar va ayollar kiyimlari tayyorlanayotgan korxonamizda 60 nafar xotin-qiz mehnat qilmoqda. Faoliyatimizni yo‘lga qo‘yishda Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining Navoiy filialidan olingan 159 million so‘mlik kredit mablag‘i juda qo‘l keldi, 115 dona tikuvchilik jihozlari xarid qildik", – deydi “Mirtex” tikuvchilik majmuasi boshlig‘i Olima Boboqulova. 

Korxonada buyurtma asosida maxsus kiyimlar hamda maktab formalari ham tikilmoqda. Tikuvchilarning aksariyati kollejni bitirgan yoshlar hisoblanishadi. Joriy yil boshida ish boshlagan tikuvchilik majmuasida yil yakuniga qadar ishchilar sonini 100 nafarga yetkazish rejalashtirilmoqda. Xususan, joriy yil kasb-hunar kollejlarini tamomlayotgan 7 nafar qiz bilan uch tomonlama shartnoma imzolandi.

Joriy yilda korxona mahsulotlarini eksportga chiqarish rejalashtirilgan.

Top