20:39 / 03.06.2015
2877

O‘zbekiston kubogi nimchorak finalida "Sho‘rtan" "Paxtakor"ni mag‘lub etdi

G‘uzorning “Sho‘rtan” jamoasi O‘zbekiston Kubogining 1/8 final bosqich ilk uchrashuvida Toshkentning “Paxtakor” jamoasini qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Anvar Soliyev 78-daqiqada hisobni tenglashtirgan edi. Ammo 89-daqiqada Suhrob Berdiyev g‘uzorliklarga g‘alaba keltiruvchi gol muallifiga aylandi. Bu jamoalarining javob o‘yini 23 iyun kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi.  

O‘zbekiston Kubogi 1/8 final. “Sho‘rtan” “Paxtakor”ni yengdi

“ShO‘RTAN” – “PAXTAKOR” 2:1
Gollar: G‘ulom-Haydar G‘ulomov 21, Anvar Soliyev 78, Suhrob Berdiyev 89.
“Sho‘rtan”: Jo‘rayev, Otaqulov, Aliqulov (Husniddin G‘ofurov 85), Shodmonov, Klishin, Eshmurodov (Olimjon Karimov 67), Boymatov, Berdiyev, Stanoyevich, G‘ulomov, Sharipov (Laziz Ubaydullayev 76)
“Paxtakor”: Ribkin, Merzlyakov, Krimets, Oraxovats, Xolmuhammedov (Igor Sergeyev 74), Mirzayev (Sherzodbek Karimov), Kozak, Andreyev, Masharipov, Soliyev, Pardayev
Ogohlantirishlar: Sharipov 61, Pardayev 65

Top