O‘zbekiston mamlakatdagi oziq-ovqat borasidagi vaziyatning yaxshilangani uchun tomonidan mukofotlandi.
Taqdirlash marosimi shu yilning 7 iyun kuni Rim shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
FAO tashkilotining 39-sessiyasi doirasida Mingyillik rivojlanish dasturi bo‘yicha yutuqlari uchun O‘zbekistondan tashqari Angola, Boliviya, Xitoy, Kosta-Rika, Dominikan respublikasi, Gabon, Laos Xalq Demokratik respublikasi, Mali, Myanma, Mozambik, Nepal, Ummon, Solomon orollari va Surinam kabi 14 davlat ham taqdirlanadi.