15:11 / 03.06.2015
2168

O‘zbekistonda ayollarning erkaklar bilan teng huquqliligini ta'minlash borasida faol ishlar borilayotgani aytildi

O‘zbekistonda ayollarning ijtimoiy-siyosiy hayotda faol ishtirokini ta'minlashga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. “Jahon” axborot agentligining keltirishicha, 2000 yili imzolangan Ming yillik Deklaratsiyasi doirasida respublikada bu boradagi muayyan ishlar olib borilmoqda.
Materialda aytilishicha, ayollar Oliy Majlis Senatida 17 foiz, Qonunchilik Palatasida 16 foiz deputatlik o‘rinlariga ega.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda ayollarning ijro hokimiyati organlaridagi ishtiroki 5 barobarga o‘sib, 3.4 foizdan 16 foizga chiqdi.

Top