12:08 / 03.06.2015
3822

Qatar Angliyaga JCh mezbonligi bilan shug‘ullanguncha, terma jamoasi haqida o‘ylashni maslahat berdi

Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti shayx Hamad bin Xalifa bin Ahmad Al Toniy Angliya futbol assotsiatsiyasi prezidenti Greg Daykning xatti-harakatlariga o‘z munosabatini bildirdi.

Yozef Blatter FIFA prezidentligilan iste'fo berishga qaror qilganidan so‘ng angliyaliklar 2018 va 2022 yillarda Rossiya va Qatarda bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan jahon chempionati mezbonligini qayta ko‘rib chiqishni taklif qilishmoqda.

"Janob Daykning Qatarni jahon chempionati mezbonligidan mahrum qilishga bo‘lgan harakatlari, mundialning birinchi marta Yaqin Sharqda o‘tishidan uning xavotirga tushayotganini bildiradi. Biz janob Garsiya o‘tkazgan tekshiruv bilan hamkorlik qildik va to‘la oqlandik. Biz shu yo‘nalishda davom etamiz.

Biz janob Daykning tekshiruvlarga xalaqit bermasligini istaymiz. Shuningdek, unga Angliya terma jamoasining 2022 yildagi mundialda ishtirok etishi bo‘yicha qayg‘urishni maslahat beramiz", - deydi shayx.

Top