08:41 / 03.06.2015
4652

Rolan Garros kortiga orqasi bilan uchayotgan samolyotning tushgan soyasi internet foydalanuvchilarini hayratlantirdi

1 iyunda internetda tennis bo‘yicha Rolan Garros musobaqasida tennischilar Serena Uilyams va Sloan Stivens o‘rtasidagi uchrashuvni tomosha qilayotgan foydalanuvchilar fizika qonunlariga zid ravishda dumi bilan oldinga parvoz qilayotgan samolyotning kortga tushgan soyasiga o‘z e'tiborlarini qaratishdi.

SB Nation nashrining aniqlashicha, samolyot haqiqatdan ham orqasi bilan uchgan, biroq bu haqiqiy samolyot emas, balki Emirates Airlines aviakompaniyasining promo-reklamasi doirasida bir necha yil avval stadionda o‘rnatilgan samolyotning kichik modeli bo‘lgan. Bu model televizion kamera bilan birga trosga mahkamlangan bo‘lgan, shuning uchun u oldinga ham, orqaga ham harakatlana olgan.

Oxirgi paytlarda bunday jumboqlar va illyuziyalar internetda ancha ommaviylashmoqda. 19 mayda Reddit foydalanuvchilarini ko‘prik oldida turgan ishchilarning surati o‘ylantirib qo‘ydi: bu suratda ishchilar bir vaqtning o‘zida ham yerga, ham baland beton konstruksiyasiga yaqin turgandek tasvirlangandi.

Aprel oyida Shimoliy Koreya OAVlari Sovet ittifoqida ishlab chiqarilgan AN-2 samolyotiga e'tiborni qaratdilar: bu samolyot qarshi shamol mavjudligida haqiqatan ham bir fursat davomida barqarorligini saqlagan holda dumi bilan oldinga ucha oladi.

Top