17:02 / 03.06.2015
5383

Toshkent shahridagi «To‘xtaboy» jome' masjidi sayti ishga tushdi

Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan «To‘xtaboy» jome' masjidi (Saqichmon) sayti (www.ummat.uz) nomi bilan ishga tushdi.

«Jome' masjidi imomi va sayt tashkilotchisi Isxoq Muhammadning (Isoqjon domla Begmatov) videomurojaatida aytilishicha, tarmoqni tashkil etishdan maqsad jamiyatimizda yaxshilikni tarqatish, yomonlikdan qaytarish, Rasululloh s.a.v.ga munosib ummat bo‘lishdir», — deyiladi xabarda.

Saytning Qur'on, Hadis, Aqida, Fiqh, Tasavvuf deb atalgan asosiy bo‘limlarida ma'rifiy maqolalar berib boriladi. Shuningdek, video va audio ma'ruzalar ham muxlislar e'tiboriga havola qilingan.

Isoqjon domla Begmatov 1970 yili Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida tug‘ilgan. Imom al-Buxoriy nomidagi Toshkent Islom institutini tamomlagan (1990—1994-y). Imom al-Buxoriy xalqaro markazida malaka oshirgan. 1994—1997 yillarda Abulqosim madrasasida, 1997—2002 yillarda Toshkent Islom institutida mudarrislik qilgan. 2002 yildan Toshkent shahri, Olmazor tumanidagi «To‘xtaboy» jome' masjidida imom-xatib, 2011 yildan Toshkent Islom institutida mudarris lavozimida mehnat qiladi. «Ilm olish odoblari» nomli kitobi nashr etilgan.

Top