17:31 / 03.06.2015
3780

Toshkentda Mukarrama Turg‘unboyevaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi

O‘zbekiston davlat san'at muzeyida Xalq artisti Mukarrama Turg‘unboyevaga bag‘ishlangan ko‘rgazma ochildi. 31 may kuni taniqli san'atkorning tavalludiga 102 yil to‘ldi.
Ko‘rgazmadan san'atkorning suratlari, shaxsiy buyumlari, liboslari o‘rin olgan. Bundan tashqari, ko‘rgazma ishtirokchilari uchun maxsus ekranlardan hujjatli filmlar va konsertdagi chiqishlardan parchalar namoyish etib boriladi.
O‘zbek raqqosasi, baletmeyster va pedagogik Mukarrama Turg‘unboyeva Farg‘onada tug‘ildi. Pedagogik ta'lim muassasasini tugatgach, u Samarqand davlat musiqa teatrida ishlay boshladi. 1947 yildan boshlab esa Toshkent xoreografiya o‘quv yurtida dars bera boshladi. O‘n yil o‘tgach, Turg‘unboyeva “Bahor” raqs ansambliga asos soldi.

Top