13:55 / 03.06.2015
2426

Toshkentda qallob ayolning tilla buyumlarini aldov yo‘li bilan olib qo‘ydi

Toshkentda istiqomat qiluvchi 47 yoshli Artur ismli erkak o‘zi bilan tengdosh bo‘lgan Sabohat ismli ayolni aldab, uning tilla buyumlarini olib qo‘ydi. Bu haqda “Na postu” gazetasi xabar bermoqda.
Aytilishicha, ular yo‘lda tasodifan tanishib qolishgan. Artur Sabohatni aldab, tilla halqasi, zanjiri va 30 ming so‘m pulini olib qo‘ygan. Oradan ancha vaqt o‘tgach, aldanganini bilgan ayol militsiyaga murojaat qilgan. Jinoyatchi tez orada topilib, qimmatliklar egasiga qaytarilgan.

Top