00:01 / 03.06.2015
2361

Xitoy va Qozog‘iston temir yo‘l bo‘ylab joylashgan yirik shaharlarda erkin savdo zonalarini tashkil etmoqchi

Xitoyning Sian shahrida o‘tayotgan Xalqaro bojxona forumida Xitoy va Qozog‘iston temir yo‘l bo‘ylab joylashgan yirik shaharlarda erkin savdo zonalarini tashkil etishga kelishib oldi, deb xabar bermoqda KazTAG agentligi.

“Xitoy va Qozog‘iston temir yo‘l bo‘ylab joylashgan yirik shaharlarda erkin savdo zonalarini tashkil etishga kelishib oldilar. Ekspertlar bu chora-tadbirlar ikki davlatning qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni chuqurlashtirishga intilayotgan korxonalari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, bojxona muassasalari va biznes-jamoatchilik bilan aloqalarni mustahkamlashga yordam berishini aytmoqdalar”, deyiladi xabarda.

Siandagi forum ishtirokchilari Yangi Ipak yo‘li bo‘yida joylashgan barcha davlatlar o‘rtasida bojxona hamkorligini kengaytirish lozimligini aytishmoqda.

Butunjahon bojxona tashkiloti bosh kotibi Kunio Mikuriyaning aytishicha, “Kamar va yo‘l” tashabbusida bu loyihaga jalb qilingan barcha davlatlarning manfaatlari hisobga olingan.

Top