19:11 / 04.06.2015
1570

“Yuventus” futbolchisi Jorjo Kellini jarohati tufayli YeChL finalida o‘ynay olmasligi ma'lum bo‘ldi

Italiyaning “Yuventus” futbolchisi Jorjo Kellini jarohati tufayli Chempionlar Ligasi finalida “Barselona”ga qarshi o‘yinga tusha olmaydi.

Himoyachi 3 iyun kuni mashg‘ulot paytida oyog‘idan jarohat oldi.

Avvalroq italiyalik futbolchi Braziliyada o‘tgan 2014 yilgi jahon chempionatida Italiya termasining Urugvay termasi bilan uchrashuvi paytida urugvaylik futbolchi Luis Suares uni tishlab olganiga qaramasdan, hozirda “Barselona” safida to‘p surayotgan urugvaylik bilan finalda qo‘l berib so‘rashishga va'da bergan edi.

Ma'lumot uchun, ushbu noxush voqea jahon chempionati guruh bosqichining 3-turida Italiya va Urugvay o‘rtasidagi uchrashuvning 78-daqiqasida ro‘y bergan. Italiyaliklarning jarima maydonida kurash paytida Kellini qo‘lini siltab tirsagi bilan Suares yuziga tegib ketganida, urugvaylik hujumchi uning yelkasidan tishlab olgan edi. Urugvaylik o‘yinchi Kellinini tishlamaganini aytgan, biroq italiyalik futbolchi uning tishlashidan qizarib ketgan va tishlar izi yaqqol ko‘rinib turgan jarohatni ko‘rsatgan. Keyinroq Suares haqiqatda Kellinini tishlagani tasdiqlangandan keyin u terma jamoaning 9ta rasmiy uchrashuvidan chetlashtirilgan hamda 4 oyga futbol bilan bog‘liq bo‘lgan istalgan faoliyat bilan shug‘ullanishdan mahrum etilgan edi.

Top