16:30 / 04.06.2015
2393

O‘zbekistonda 6 iyun kuni havo harorati 42 darajaga ko‘tarilishi kutilmoqda

Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, O‘zbekistonning asosiy qismida joriy hafta so‘ngiga borib, issiq harorat yanada ko‘tariladi va +42 darajaga yetadi.

Xabarda aniqlik kiritilishicha, 6 iyun kuni O‘zbekistoning g‘arbiy hududlarida harorat +42 darajagacha ko‘tariladi, Farg‘ona vodiysidagi Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida esa 38 darajalik issiq harorat qayd etiladi.

Shuningdek, respublika poytaxti Toshkent shahrida ham biroz bulutli va +38 darajada issiq harorat saqlanadi.

Top