16:43 / 04.06.2015
1687

Abdulaziz Komilov AQSh savdo vazirining global bozorlar bo‘yicha yordamchisi bilan uchrashdi

4 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov AQSh savdo vazirining global bozorlar bo‘yicha yordamchisi Arun Madhavan Kumarni qabul qildi.

Uchrashuvda O‘zbekiston-Amerika kun tartibining asosiy masalalari, avvalo savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalarida hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida biznes aloqalarini o‘rnatish maqsadida mamlakatimizga kelgan AQSh ishbilarmonlar doiralari vakillari ishtirokida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan davra suhbatiga tayyorgarlik to‘g‘risida ham ma'lumot berildi.
Shuningdek, navbatdagi ikki tomonlama tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda AQSh Elchisi Pamela Leora Spratlin ishtirok etdi, deb xabar beradi TIV axborot xizmati.

Top