15:24 / 04.06.2015
2013

Alibaba kinokompaniyasi aksiyalarining bir qismini sotmoqchi

Xitoyning Alibaba korporatsiyasi o‘ziga tegishli Alibaba Pictures kinokompaniyasining bir qism aksiyalarini sotmoqchi. Bu haqda The Financial Times gazetasi xabar bermoqda.
Kinokompaniya aksiyalarining narxi yil boshidan buyon 160 foizga oshgan. Internet-gigant rahbari Jyek Maning so‘zlariga qaraganda, kinokompaniya ko‘p miqdorda filmlar va ko‘rsatuvlar tayyorlash uchun tashkil etilgan. Alibaba Pictures, hali birorta mahsulot ishlab chiqarmaganiga qaramay, bir qator yirik shartnomalar imzolashga muvaffaq bo‘ldi.
Alibaba Pictures’ning 4.2 mlrd aksiyasining har biri 2.9 Gongkong dollariga baholanmoqda. Ular Gongkong birjasida sotuvga qo‘yilgan.

Top