17:53 / 04.06.2015
1844

Apple Beats kolonkalari o‘t olishi mumkinligidan ogohlantirdi

Apple korporatsiyasiga 2014 yil mayidan buyon tegishli bo‘lgan Beats Electronics kompaniyasi mahsuloti bo‘lmish Beats Pill XL modeldagi portativ kolonkalar batareyalarining qizib ketishi natijasida o‘t olishi mumkin. Bu boradagi ogohlantirish gigant konsernning rasmiy saytida e'lon qilindi.
Ta'kidlanishicha, o‘t juda kam holatlarda kelib chiqqani kuzatilgan. Shunga qaramay, kompaniya bu dinamiklardan foydalanmaslikka chaqirdi, shuningdek, ushbu partiya mahsulotlarni sotuvdan chaqirib olishini, xarid qilinganlar nusxalarni qaytarib olishini ma'lum qildi. Bunday kolonkaga ega odamlar saytda o‘z manzillari ko‘rsatilgan murojaatnoma qoldirishi talab etiladi. U yerga yuborilgan maxsus idish ichiga kolonkani solib, qaytarib yuborish kerak. Oradan 3 hafta o‘tib, Apple xaridorga mahsulot pulini qaytaradi. Muqobil variant sifatida Apple Store onlayn do‘konida chegirmalar taqdim etilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, Beats Pill XL dinamiklari 2014 yil yanvaridan buyon ishlab chiqariladi.

Top