18:44 / 04.06.2015
4881

AQShda musulmon yo‘lovchi Koka-Kolani qurol sifatida qo‘llashi mumkinligini aytgan styuardessa ishdan haydaldi

Shuttle America mintaqaviy aviakompaniyasiga tegishli laynerlardan birining styuardessasi musulmon yo‘lovchilarga nisbatan qo‘pol munosabati uchun ishdan haydaldi. Bu haqda Associated Press agentligi kompaniyaning matbuot xabarnomasiga tayangan holda xabar bermoqda.
Aytilishicha, Shimoli-G‘arbiy universitet xodimasi Tohira Ahmad styuardessadan parhez Koka-Kolasi berishni so‘ragan. Styuardessa esa, yo‘lovchining hijob o‘raganini ko‘rib, uning iltimosini bajarishdan bosh tortgan, sabab sifatida esa u “Kola idishini qurol sifatida qo‘llashi mumkin”ligini ro‘kach qilgan.

Bundan jahli chiqqan Ahmad xonim Feysbuk ijtimoiy tarmog‘ida bo‘lgan voqeani bayon qilgan. Oradan biroz vaqt o‘tib, Tvitterda uni qo‘llab-quvvatlash aksiyasi o‘tkazilgan.
Shundan so‘ng voqea tafsilotlari kompaniya rahbariyatiga ham yetib borgan. Ksenofob styuardessa ishdan bo‘shatilgan.

Top