20:33 / 04.06.2015
6247

"Bunyodkor" Germaniya elchixonasi vakillarini O‘zbekiston va Germaniya yoshlari o‘rtasidagi uchrashuvni birgalikda tomosha qilishga taklif etdi

Toshkentning "Bunyodkor" klubi Germaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari hamda bir qator futbol ixlosmandlarini Yangi Zelandiyada bo‘lib o‘tayotgan Yoshlar o‘rtasidagi JCh-2015 "F" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Germaniya va O‘zbekiston terma jamoalari bahsini birgalikda “Bunyodkor” stadioni restoranida katta ekran qarshisida tomosha qilishga chaqirdi.

Tadbirda futbol jamoatchiligimizning bir qator ko‘zga ko‘ringan vakillari, jurnalistlar, Germaniya elchixonasi faysbuk ijtimoiy tarmog‘i o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan konkurs g‘oliblari, Toshkentdagi Gyote instituti vakillari, Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer Vissing hamda "Bunyodkor" klubining prezidenti Bedil Alimov va bosh direktori Baxtiyor Boboyev ishtirok etdi.

Toshkentdagi Gyote instituti hodimlari ham uchrashuvni diqqat bilan kuzatib borishdi. 

Germaniya - O‘zbekiston jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning birinchi bo‘limidan so‘ng tashkilotchilar tomonidan kichik viktorina o‘tkazildi. Ushbu viktorinaning birinchi g‘olibi Sports.uz sayti hodimi Dmitriy Popov bo‘ldi.

Viktorina g‘oliblaridan biri Bekzod Nazarov ("Futbol Ekspress" gazetasi)

Uchrashuv natijasini to‘g‘ri topgan g‘olibga esdalik sovg‘asi topshirildi.

Uchrashuvdan so‘ng klub prezidenti Alimov Bedil (o‘ngda) Germaniyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer Vissingga "Bunyodkor" futbolchilari imzolari tushirilgan to‘p bilan futbolkani sovg‘a qildi.

Top