10:38 / 04.06.2015
1640

Chexiya hukumati kafe va restoranlarda chekishni taqiqlaydi

Chexiya hukumati 3 iyun kuni 2016 yildan kafe va restoranlarda chekishni taqiqlash haqidagi qonun loyihasini bir ovozdan ma'qulladi.

Mazkur taqiq elektron sigaretlarga ham tegishli hisoblanadi. Qonun loyihasiga ko‘ra, mazkur tartibni buzgan shaxslar 5 mingdan 50 ming chex kronasi (180-1800 yevro) miqdoridagi jarimaga tortiladi.

Qonunni kuchga kirishi uchun parlament va mamlakat prezidenti Milosh Zeman tasdiqlashi lozim.

Chexiyada aksariyat jamoat joylarida chekish 2005 yildan taqiqlangan edi. Statistik ma'lumotlarga ko‘ra Chexiyada yashovchilarning 29 foizi kashanda hisoblanadi.

Top