11:16 / 04.06.2015
1650

Fiji termasi 2015 yilgi JCh U-20 turnirining guruh bosqichida Gondurasni 3:0 hisobida mag‘lub etdi

Yoshlar o‘rtasida jahon chempionatining "D" guruhi vakillari Fiji va Gonduras o‘rtasida uchrashuvda ko‘pchilik tomonidan autsayder deb qaralayotgan va birinchi turda Germaniyadan yirik hisobda mag‘lub bo‘lgan Fiji yoshlari birinchi turda O‘zbekistonni mag‘lub etgan Gonduras yoshlarini 3:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Fijiliklar birinchi bo‘limda ikkita to‘p kiritishgan bo‘lsa, ikkinchi bo‘limda Gonduras futbolchisi o‘z davrzasini ishg‘ol qilib, raqiblariga yordam berib yubordi.

Ushbu guruhda Germaniya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ikkinchi uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.

JCh U20. "D" guruhi.
2-tur
Gonduras - Fiji 3:0 (2:0)
Gollar: Verevou (14), Vaka (19), Alvares (45-avtogol.)

Top