12:12 / 04.06.2015
2016

Gresso kompaniyasi korpusi to‘liq titandan ishlangan Regal Gold smartfonini taqdim etdi

Yuqori «lyuks» darajadagi smartfonlar tayyorlashga ixtisoslashgan Gresso kompaniyasi korpusi to‘liq titandan ishlangan Regal Gold smartfonini taqdim etdi. Kompaniya rasmiy saytidagi sahifada mazkur telefonga buyurtmalar qabul qilinmoqda.

Mazkur telefonning eng qimmat versiyasi boshqalaridan 18 karatli oltin qoplamasi bilan farq qiladi. Mazkur qurilmaga buyurtmalar 180 ming Rossiya rubli (taxminan 8 mln. 622 ming so‘m) miqdorida qabul qilinmoqda. Oq oltin qoplamasi ishlatilgan Regal R2 modelini esa 150 ming rublga (7,2 mln so‘m) sotib olish mumkin bo‘ladi. Oddiy titan qoplamasi ishlatilgan Regal R1 modeli esa 90 ming rubldan (4,3 mln so‘m) buyurtmalar qabul qilmoqda.

Mazkur qurilma 5 dyuymli Full HD displey o‘rnatilgan bo‘lib, to‘rt yadroli protsessor, 1,5 GGts taktik chastotali va 13 megapikselli kamera o‘rnatilgan. Biroq, korxona tomonidan chiqarilgan mazkur smartfonlar LTE tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlay olmaydi.

Top