16:40 / 04.06.2015
3909

Independent: Rossiya NATO va YeIni kollapsga olib kelishi mumkin

Rossiyaning siyosati NATO va Yevropa ittifoqida kollaps keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda Chatham House instituti tadqiqotiga tayangan holda The Independent nashri xabar bermoqda.
Ekspertlar tayyorlagan hisobot Ukrainadagi ixtilofga bag‘ishlangan. Aytilishicha, Moskvaning bu boradagi siyosati ko‘p jihatdan Yevropaning kelajagini hal qilib beradi. Rossiya taktik yadroviy qurol qo‘llashi mumkin, bu ahvolda NATO cheklangan urush holatida qolish imkoniyatini topa olmaydi.
“Ukrainadagi mag‘lubiyat Sharqiy Yevropada beqarorlikni keltirib chiqarishi mumkin”, – ta'kidlanadi hisobotda.

Top