10:14 / 04.06.2015
2504

Jala oqibatida Nikaragua prezidentining uyi suv ostida qoldi

Nikaraguada kuchli jala oqibatida suv ostiga qolgan 2 ming inshoot ichida prezident Daniel Orteganing uyi ham bor, deb xabar beradi mamlakat hukumati rasmiylari.

“Kecha uyimizda suv to‘pig‘imizgacha chiqdi, lekin bizga hech kim ishonmayapti”, – dedi hukumat vakili, prezidentning rafiqasi Rosario Murilo.

Uning so‘zlariga qaraganda, prezident uyidagi suvni chelaklab olib chiqishga to‘g‘ri kelmoqda, bu ishda harbiylar va politsiyachilar yordam bermoqda.

Nikaraguadagi kuchli yomg‘ir oqibatida 10 ming kishining mulkiga zarar yetkazilgan, 9 shifoxona suv ostida qolib, mijozlarni evakuatsiya qilishga to‘g‘ri kelgan. Ikki soat ichida mamlakatning oylik yog‘ingarchilik me'yoriga teng yomg‘ir yoqqan.

Top