09:16 / 04.06.2015
2581

Saakashvili Sharqiy Yevropaning asosiy muammosi “mag‘lub psixologiyasi”da ekanligini aytdi

Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Sharqiy Yevropaning asosiy muammosi “mag‘lub psixologiyasi”da deb hisoblaydi. Bu haqda u Ukrainaning 5-kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Mag‘lublar psixologiyasiga ko‘ra, kim hokimiyatga kelmasin, baribir o‘g‘irlik qiladi, yo‘llar o‘nqir-cho‘nqirligicha qoladi, daromadimiz kamayadi, bizdan pora tama qilishadi, bizni baribir kamsitishadi va kelajakka yo‘l berishmaydi, – dedi Saakashvili efirda. – Agar mana psixologiyani bartaraf qilsak, YeI va AQShning bizni qo‘llab-quvvatlashi haqidagi hisobsiz bayonotlaridan o‘n chandon kuchli natija beradi”.

Shuningdek, Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko Saakashvilining viloyatni isloh qilish rejasini qo‘llab-quvvatlashi ma'lum qilindi.

Top