4 iyun kuni O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi Jahon chempionatining 2-turi doirasida Germaniyaga qarshi bahs olib boradi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 12:00da boshlanadi.
O‘yin Eurosport-1 telekanali orqali jonli translyatsiya qilinadi. "Sport" kanali ham mazkur bahsni muxlislar e'tiboriga havola qilishni rejalashtirgan. Gonduras bilan bo‘lgan o‘yindagidek texnik muammolar kuzatilmasa, uchrashuv "Sport" kanalida to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatiladi.
Bugun "F" guruhining yana ikki jamoasi Gonduras va Fiji o‘zaro kuch sinashmoqda. Ayni vaqtda fijiliklar 3:0 hisobida oldinda.
4 iyun kungi bahslardan "Ye" guruhidagi Nigeriya-KXDR hamda Vengriya-Braziliya o‘yinlari ham o‘rin olgan.