08:23 / 04.06.2015
3704

Texasda 32 yil oldingi qotillik uchun o‘lim jazosi amalga oshirildi

AQShning Texas shtatining Sherman shahri atrofida 1983 yili qotillik amalga oshirgan jinoyatchi kimyoviy usul bilan qatl qilindi. Bu haqda xabar The Dallas Morning News bermoqda.

Aniqlik kiritilishicha, unga ko‘p miqdorda fenobarbitala moddasi yuborilgan.

Inson huquqlari himoyachilarining bildirishicha, Lester Bauer o‘zi sotib olmoqchi bo‘lgan samolyotni o‘g‘irlashga uringan 4 nafar odamni o‘ldirgan.

Texas shahri brokurorining yordamchisi Stiven Xoffmanning qayd qilishicha, uning bu jinoyatda aybdorligini aniq qayd etish uchun 30 yil sarflanishi tabiiy holat bo‘ldi.

Shu yili 67 yoshga chiqqan Lester Bauer 1982 yilda Texasda o‘lim jazosi qaytadan joriy qilinganidan buyon o‘limga hukm qilingan 526 mahkum bo‘ldi.

Top