21:35 / 04.06.2015
2123

Xitoyda Markaziy Osiyoga yo‘naltirilgan metrologiya markazi ochildi

3 iyun kuni Xitoyning Sintszyan-Uyg‘ur muxtor tumanining ma'muriy markazi hisoblangan Urumchi shahrida Markaziy Osiyoga yo‘naltirilgan metrologiya markazi o‘z ishini boshladi.

Ushbu markazni yaratishdan maqsad Xitoy metrologiya usullari va standartlarining Markaziy Osiyo davlatlari bozorlarida nufuzini oshirish, xalqaro savdoda texnologik to‘siqlarni bartaraf etishni texnologik tomondan ta'minlashni taqdim qilish va “xorijga chiqish” strategiyasini amalga oshirishda Xitoy korxonalarini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
Markaz Xitoy metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti tomonidan Mahsulotlarning sifatini texnik nazorat qilish Sintszyan boshqarmasi bilan hamkorlikda ochilgan. Bu markaz metrologiya-o‘lchash texnologiyalari sohasida Markaziy Osiyo bozorlariga chiquvchi Xitoy korxonalariga xizmat ko‘rsatish, Markaziy Osiyo davlatlarida real sharoitga moslashtirilgan metrologik standartlarni o‘rganish va ishlab chiqish, metrologiya sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va xalqaro kelishuvlarda ishtirok eta oluvchi metrologiya sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash uchun mo‘ljallangan.

Xitoy Metrologiya ilmiy-tadqiqot instituti direktori Fan Syanning aytishicha, ushbu markazning yaratilishi Ipak yo‘li iqtisodiy mintaqasi konsepsiyasi tamoyilini amalga oshirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi. Syan markaz Sintszyanning yangi Ipak yo‘lida asosiy hududga aylanishida katta hissa qo‘shishiga umid bildirmoqda.

Top