10:16 / 04.06.2015
1890

Xitoydagi sayohat kemasi cho‘kishi oqibatida halok bo‘lganlar soni 65 kishiga yetdi

XXRning Xubey viloyatidagi Yantszi daryosida g‘arq bo‘lgan “Sharq yulduzi” sayohat kemasi qurbonlari soni 65 kishiga yetdi. Bu haqda mahalliy CCTV kanali orqali xabar berildi.

Ilgariroq halok bo‘lganlar soni 26 kishini tashkil qilgani aytilgan edi. Undan keyin suv ostidan yana 39 kishining tanasi topilgan.

Keng miqyosli qutqaruv operatsiyasi davom etmoqda, kemada bo‘lganlarning asosiy qismi dom-daraksiz ketgan deb hisoblanmoqda.

XXR transport vazirligining ma'lumotlariga qaraganda, kema bortida 456 kishi bo‘lib, ulardan 405 nafari yo‘lovchilar, 46 nafari ekipaj a'zolari va 5 nafari turistik agentliklar vakillari bo‘ldi.

Top