23:30 / 04.06.2015
1902

Xitoylik qutqaruvchilar Yantszi daryosida cho‘kib ketgan teploxodni yuqoriga ko‘tarishni boshladi

Xitoylik qutqaruvchilar Yantszi daryosida cho‘kib ketgan “Dunfanchjisin” (“Sharq yulduzi”) teploxodini yuqoriga ko‘tarishni boshladi. Bu haqda 4 iyunda Xitoy markaziy televideniyesi ma'lum qildi.

G‘avvoslar kema ostidan metall troslarni o‘tkazishgan. Qutqaruv operatsiyasi rahbariyati teploxodni ko‘tarish bo‘yicha qarorni bedarak yo‘qolganlarni zudlik bilan qutqarish uchun qabul qilgan. “Sharq yulduzi”ni ko‘tarish qarori kemada tirik odamlar bo‘lishi mumkinligi imkoniyati juda kichikligi munosabati bilan qabul qilindi”, deb aytdi Xitoy transport vazirligi vakili Syuy Chenguan.

Nankin shahridan Chunsinga ketayotgan “Dunfanchjisin” turistik teploxodi 1 iyun Xitoy vaqti bilan 21:28 da Tszyanli shahri hududida Yantszi daryosida falokatga uchragan. Kema bortida 456 kishi bo‘lgan, ulardjan 14 nafari qutqarilgan, 75 kishining jasadi topilgan.

Top