14:05 / 04.06.2015
2824

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston U-20 Germaniya U-20 termasidan 0:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi

Yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida Krayscherch shahrida bo‘lib o‘tgan Germaniya va O‘zbekiston termalari uchrashuvida 3:0 hisobi qayd etilib, o‘zbekistonlik futbolchilar guruhning ikkinchi o‘yinida ham mag‘lub bo‘lishdi.

O‘yinda Ravshan Haydarov shogirdlari himoyaviy taktika tanlagan holda harakat qilishdi. Birinchi taymning 33 daqiqasida Frankfurtning "Ayntraxt" jamoasi a'zosi bo‘lgan Marko Shtendera hisobni ochdi. Ikkinchi taymda germaniyaliklar yana ikkita gol urib, hisobni 3:0 holiga keltirishdi. Gollarga Akpoguma (53) va Shtendera (85) mualliflik qilishdi.

Endi O‘zbekiston termasi guruhdagi uchinchi uchrashuvini 7 iyun kuni Fiji yoshlariga qarshi o‘tkazadi. Turnir qoidalariga ko‘ra guruhlarda eng yaxshi natijalar qayd etgan uchinchi o‘rin sohiblari ham keyingi bosqichga chiqishi mumkin. O‘zbekistonliklar Fijini yirikroq hisobda mag‘lub etish orqali va Germaniya Gondurasni ham yutishi evaziga guruhda ikkinchi o‘rinni egallash imkonini saqlab turibdi.

JCh-2015, F guruhi

2-tur
Germaniya U-20 - O‘zbekiston U-20 - 3:0
Gol: Shtendera 33, Akpoguma 53, Shtendera 85
Germaniya: Shvayeb, Proyemel, Akpoguma, Stark, Oyeztunali, Shteynman, Shtendera, Brandt, Kempf, Bauyer, Muxtor
O‘zbekiston: Dilshod Hamroyev, Rustam Ashurmatov, Ibrohim Abdullayev, Odil Hamrobekov, Akrom Komilov, Javohir Sohibov (s), Eldor Shomurodov, Otabek Shukurov, Dostonbek Hamdamov, Zabixillo O‘rinboyev, Dostonbek Tursunov.

Top