18:49 / 04.06.2015
1689

"Yuventus" Paulo Dibalani 32 mln yevro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi

"Palermo"ning argentinalik hujumchisi Paulo Dibala 32 mln yevro evaziga "Yuventus" futbolchisiga aylandi. Bu haqda turinliklarning rasmiy saytida ma'lum qilingan.

Jamoa bu hujumchi bilan 5 yillik shartnoma imzolagan.

Futbolchi esa turli bonuslar bilan qo‘shib hisoblaganda yiliga 8 mln yevro ishlashi mumkin bo‘ladi.

21 yoshli bu futbolchi 2014-2015 yilgi mavsumda "Palermo" safida 34 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol hamda 12ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Top