19:42 / 05.06.2015
2692

“Milan” uch nafar bosh murabbiyga maosh to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin

Italiyaning “Milan” jamoasiga Sinisha Mixaylovich bosh murabbiy etib tayinlanadigan bo‘lsa, unda jamoa rasman uch nafar bosh murabbiyga maosh to‘lashiga to‘g‘ri keladi.

“Rossonerilar” rahbariyati bu mavsumni ochiqchasiga yomon o‘tkazgan jamoaning bosh murabbiyi Filippo Indzagi bilan shartnomani bekor qilmoqchi.

Serbiyalik murabbiy Sinisha Mixaylovich “Milan”ning navbatdagi bosh murabbiyi bo‘lishi arafasida turibdi. Mutaxassis jamoa bilan deyarli to‘laqonli shartnoma imzolab bo‘lgan. Milanliklar vitse-prezidenti 4 iyun kuni Mixaylovich bilan kechki ovqat ustida gaplashib, shartnoma tuzish masalasini deyarli hal qilgan.

Serbiyalik murabbiyning jamoaga tayinlanishiga to‘sqinlik qilayotgan bosh omil amaldagi murabbiy Filippo Indzagining jamoa bilan shartnomasini bekor qilishni istamyotgani bo‘lmoqda. Indzagining shartnomasi yana ikki mavsum davomida amal qiladi. O‘z vaqtida jamoaning sobiq murabbiyi Klarens Zeyedorf ham iste'foga ketishni istamagan va hali ham har oy jamoa hisobidan maosh olib kelmoqda.

Shu tariqa keyingi oydan “rossonerilar” birdaniga jamoaning ikkita sobiq murabbiyiga va bo‘lg‘usi murabbiyiga maosh to‘lashlariga to‘g‘ri kelishi mumkin.

Top