06:53 / 05.06.2015
1480

“Real” Verratti uchun “PSJ”ga 50 mln yevro bermoqchi

Madridning “Real” futbol klubi Parijning “PSJ” klubining italiyalik yarimhimoyachisi Marko Verratti bilan shartnoma shartlari haqida kelishib oldi, deb xabar bermoqda Sky Sport Italia jurnalisti Janluki Di Martsio.

Italiyalik xavbek Madrid klubida yiliga 7 mln yevro maosh oladi.

“Real” Verrarti uchun 50 mln yevro berishni mo‘ljallamoqda, biroq parijliklar o‘yinchining transferi uchun ko‘proq pul so‘rashlari mumkin.

Avvalroq Verratti “Real”ning yangi bosh murabbiyi Rafael Benitesning transfer nishoniga aylangani ma'lum qilingandi.

Top