07:25 / 05.06.2015
3240

Braziliyalik bemor o‘z miyasini operatsiya qilishayotgan vaqtda gitara chalish bilan band bo‘ldi

33 yoshli braziliyalik Entoni Kulkamp Diasning miyasidagi shishni olib tashlash uchun jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi. Bemorga bu jarayon vaqtida narkoz berilmagan va u ongli holatda qolgan. Bu haqda NBC News nashri xabar qildi.

Dias shifokorlar o‘z boshini operatsiya qilayotganida gitara orqali The Beatles guruhining "Yesterday" kompozitsiyasini va bir qancha milliy kuylarni ijro etgan.

Shifokorlarning ma'lum qilishicha, bu uning miyasidagi operatsiya muvaffaqiyatli o‘tishida muhim ahamiyat kasb etgan.

Qayd etilishicha, Dias bu vaqtda o‘z o‘g‘li uchun yaratgan kuyini ham ijro etgan. Unda o‘g‘li tug‘ilshidan ikki hafta o‘tgach, miya shishi aniqlangan.

Top