Kiyevning "Dinamo" jamoasi Ukraina Kubogi finalini o‘z maydonida "Shaxtyor"ga qarshi o‘yinda o‘tkazdi va penaltilar seriyasida g‘alaba qozonib, sovringa ega chiqdi.
O‘yinning asosiy vaqtida hisob ochilmagan, qo‘shimcha vaqtlarda ham 0:0 hisobi saqlanib qolgach, boshlangan penaltilar seriyasida poytaxtliklarning omadi kelgan. "Futbol lotereyasi" kiyevliklarning 5:4 hisobidagi ustunligi bilan yakunlangan.
Qayd etish joizki, o‘yinning 115-daqiqasida mezbonlar a'zosi Sergey Ribalkaga qizil kartochka ko‘rsatilgan.