21:27 / 05.06.2015
2754

YeI Qrimga nisbatan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi

YeI Qrimga nisbatan sanksiyalar muddatini yana bir yilga uzaytirdi. Bu haqida Yevropa kengashi matbuot xizmati xabar bergan.

Qrimga nisbatan sanksiyalar 2014 yilning 25 iyunida joriy etilgan bo‘lib, unga ko‘ra Qrim mahsulotlarini sotib olmaslik va hudud iqtisodiyotiga investitsiya kiritmaslik ko‘zda tutilgan.

Sanktsiyaga muvofiq, yarimorol mahsulotlari Ukraina sertifikatiga ega bo‘lmasa, import qilinmasligi, ko‘chmas mulklarini sotib olmaslik, Yevropalik turoperatorlarga Qrim bo‘yicha xizmat ko‘rsatmaslik, Qrim transporti, telekommunikatsiya va energetika sohasini, jumladan neft hamda gazni qayta ishlash borasida texnologiyalarni taqdim etmaslikni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq The Wall Street Journal nashri YeI yaqin haftada Rossiyaga qarshi sanksiyalar muddatini keyingi yil yanvarigacha uzaytirishini ma'lum qilgan edi. Keyinchalik mazkur masalada RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev agar YeI shunday qaror qabul qilsa, unga javob ham o‘ziga yarasha bo‘lishini ta'kidlagan.

 
Top