Oq Uy matbuot kotibi Josh Ernestning ma'lumot berishicha, Germaniyada 7-8 iyun kunlari bo‘lib o‘tadigan G7 sammitida FIFAdagi korrupsiya faktlari yuzasidan avj olgan janjal muhokama qilinishi mumkin.
Shuningdek, u AQSh prezidenti Barak Obama ishni olib borayotgan prokurorlarning halolligiga ishonishini aytib o‘tdi.