19:22 / 05.06.2015
6282

El Mundo Deportivo: Irina Sheyk Blatterning ma'shuqasi bo‘lgani aniqlandi

Ispaniyaning El Mundo gazetasi FIFA prezidenti Yozef Blatter uchrashib yurgan ayollar ro‘yxatiga rossiyalik model Irina Sheyk nomini ham kiritdi.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 79 yoshli futbol funktsioneri polshalik tennischi Ilona Bogutska bilan ajralishgandan keyin Sheyk bilan uchrasha boshlagan. Blatter Bogutska bilan 1995 yildan 2002 yilgacha birga bo‘lgan.

Blatter Sheyk bilan Krishtianu Ronaldu model bilan uchrashishidan oldin ishqiy munosabatlarda bo‘lgan. Nashrning yozishicha, Blatterning Sheyk bilan aloqalari u o‘zining hozirgi ma'shuqasi – arman millatiga mansub bo‘lgan Linda Barrasni 2008 yilda uchratganidan oldinroq barham topgan.

Ma'lumot uchun, Blatter uch marta rasman uylangan, uning bir qizi bor. Irina Sheyk Blatterdan 50 yosh kichik hisoblanadi.

Top