21:21 / 05.06.2015
3611

Kane Uest o‘z qizining tug‘ilgan kunini nishonlash uchun "Disneylend"ni ijaraga oldi

Reper Kane Uest rafiqasi Kim Kardashyan bilan birgalikda o‘z qizi 2 yoshga to‘lgani munosabati bilan tashkil qilinadigan ziyofatni o‘tkazish uchun "Disneylend"ni ijaraga olishdi. Bu haqda The New Musical Express xabar bermoqda.

15 iyun kuni 2 yoshga to‘ladigan Nord-Vestning sharafiga o‘tkaziladigan ziyofat vaqtida "Disneylend" faqat Uestlar oilasining mehmonlari uchun xizmat qiladi.

1 iyun kuni ushbu juftlikning ikkinchi farzandni kutayotgani xabar qilingandi.

Top